Jizzax shahridagi 11-maktabda ota qizining 3 nafar sinfdoshini kaltakladi. Voqeaga bolalarning qizga gap otgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
G‘allaorol tumani IIB profilaktika katta inspektori begona ayol bilan qo‘lga tushishi ortidan ishdan olindi. Shuningdek, tuman IIBning 4 nafar rahbari inspektor faoliyati ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatmagani uchun jazolandi.
Sharof Rashidov tumanida erkak janjal oqibatida xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sharof Rashidov tumanida o‘g‘il otasining mol-mulkni noto‘g‘ri taqsimlaganidan norozi bo‘lib, otxonasini yoqib yubordi. Oqibatda 102 mln so‘mlik 17 bosh toychoq va 145 mln so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting